Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JCh-2018 saralash. Yaponiya va Saudiyada g‘alaba, Avstraliya ochko yo‘qotdi
JCh-2018 saralash bosqichining Osiyo mintaqasidagi V guruhida 6-tur uchrashuvlari nihoyasiga yetdi.
Tailandga safar uyushtirgan Saudiya Arabistoni terma jamoasi mehmonlar darvozasini uch bor nishonga olishga muvaffaq bo‘ldi. Avstraliya esa Iroq uyida safar uyushtirib g‘alabani qo‘ldan chiqardi.
Guruhning markaziy uchrashuvida esa BAA termasi Yaponiyani qabul qildi va 0:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi.
Ushbu natijalardan keyin Yaponiya va Saudiya Arabistoni jamoalari 13 ochko to‘plagan holda guruhda yetakchilikni qo‘lga olishdi. Avstraliya terma jamoasi hisobida 10, BAA esa 9 ochko mavjud.
JCh-2018 saralashi, Osiyo mintaqasi
«B» guruhi, 6-tur
Tailand – Saudiya Arabistoni – 0:3 (0:1)
Gollar: Ash-Shahlaviy (26), Kesarat (84, avtogol), Al-Muvashshar (90+2).
Iroq – Avstraliya – 1:1 (0:1)
Gollar: Ahmad Yosin (76) – Leki (40)
BAA – Yaponiya – 0:2 (0:1)
Mavzuga oid
21:07 / 13.07.2026
BAA Ho‘rmuz bo‘g‘oziga muqobil yo‘nalish quradi - OAV
22:44 / 01.07.2026
BAA mulkiy tengsizlik darajasi bo‘yicha jahon reytingida birinchi o‘rinni egalladi
20:40 / 27.06.2026
Yaponiyada noqonuniy yashab kelgan O‘zbekiston fuqarosi deportatsiya qilindi
16:44 / 22.06.2026