Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saudiya Arabistonining O‘zbekistondagi elchisi o‘z missiyasini yakunlamoqda
24 mart kuni O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov mamlakatda diplomatik missiyasini yakunlayotgan Saudiya Arabistoni Qirolligining favqulodda va muxtor elchisi Abdurahmon bin Abdulloh ash-Shayani qabul qildi.
TIV matbuot xizmati xabariga ko‘ra, suhbat davomida siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsion, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holati va istiqbollari borasida fikr almashildi.
Uchrashuvda elchining 2011−2017 yillardagi samarali faoliyati qayd etildi. Ushbu davr mobaynida O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni o‘rtasida hamkorlik izchil rivojlanib, mustahkamlangani e'tirof etidi.
Elchi, o‘z navbatida, diplomatik faoliyatida amaliy ko‘mak ko‘rsatilgani uchun O‘zbekiston tomoniga minnatdorchilik bildirdi.
Mavzuga oid
10:55 / 14.07.2026
BMT husiychilar va Saudiya o‘rtasidagi keskinlikdan xavotir bildirdi
09:23 / 14.07.2026
Yaman hukumati Sano aeroportini bombardimon qildi. Husiylar Saudiyaga raketa otdi
10:18 / 29.06.2026
Saudiyada vertolyot quladi: 14 kishi halok bo‘ldi
19:38 / 22.06.2026