Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Tereza Meyga hamdardlik bildirdi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Buyuk Britaniya bosh vaziri Tereza Meyga Londondagi terakt munosabati bilan hamdardlik maktubi yo‘lladi.
Davlat rahbari terakt qurbonlarining qarindoshlari va yaqinlariga hamdardlik so‘zlarini yo‘llagan hamda hodisa oqibatida jabrlanganlarga sog‘liq tilagan.
22 mart kuni London markazidagi Vestminster ko‘prigi va Buyuk Britaniya parlamenti binosida qo‘poruvchilik harakatlari sodir etildi. Avvaliga ko‘prik bo‘ylab odamlarni bosib o‘tgan terrorchi parlament binosi oldida politsiyachiga pichoq bilan hujum qilib uni o‘ldirdi. Terrorchi boshqa bir politsiyachi tomonidan otib o‘ldirilgan.
Terakt qurbonlari soni 4 nafarni tashkil etdi, shuningdek 50 kishi jarohatlandi. Terakt ijrochisi Britaniya fuqarosi, 52 yoshli Xolid Masud bo‘lib chiqdi.
Mavzuga oid
14:24 / 21.06.2026
London shimolida ikki poyezd to‘qnashdi
16:46 / 24.05.2026
Pokistonda terakt oqibatida 20 dan ortiq kishi halok bo‘ldi
12:25 / 22.05.2026
IPO nima va UzNIF aksiyalarini qanday sotib olish mumkin?
21:22 / 18.05.2026