Minskda muxolifat aksiyasi vaqtida 100 ga yaqin odam hibsga olindi
Belarus poytaxti Minskda militsiya muxolifatning "Istak kuni" aksiyasi davomida 100 ga yaqin odamni hibsga oldi. Norozilik namoyishi boshlanishi kerak bo‘lgan Fanlar akademiyasi yonida 50 dan ko‘proq odam hibsga olingan.
Hudud militsiyaning bir nechta otryadi tomondan to‘sib olingan. Shundan keyin OAV namoyishchilar va jurnalistlar hibsga olinishi boshlanganini ma'lum qilishgan.
Belarus hukumati hibsga olinganlarning aniq sonini oshkor qilmagan. "Vesna" tashkiloti hisob-kitobiga ko‘ra, kamida 100 kishi hibsga olingan.
RIA “Novosti” axborot agentligining xabar berishicha, hibsga olingan jurnalistlar hujjatlar tekshirilgandan keyin qo‘yib yuborila boshlanganlar. Hibsga olingan jurnalistlarning aniq soni ham noma'lum.
Belarus muxolifati 25 mart kuniga ikkita aksiya: tekinxo‘rlikka qarshi soliq va "Istak kuni" bayramini o‘tkazishni rejalashtirgandi.
Fevral oyida Minsk va Belarusning boshqa shaharlarida "tekinxo‘rlik haqidagi qonun"ga qarshi norozilik namoyishlari bo‘lib o‘tgandi. 9 mart kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko "Ijtimoiy tekinxo‘rlikning oldini olish haqida"gi qonunning kuchga kirishini bir yilga ortga surgandi.
Mavzuga oid
11:28 / 23.08.2024
YeI yana Minskni barcha siyosiy mahbuslarni ozod qilishga chaqirdi
22:55 / 11.08.2024
«Paxtakor»ning marhum futbolchilari xotirasiga 45 yil oldingi «O‘ynalmagan match» o‘tkazildi
22:56 / 09.08.2024
Qozog‘iston IIV sobiq rahbariga 5 yil muddatga shartli qamoq jazosi tayinlandi
20:45 / 05.08.2024