Jamiyat | 01:08 / 25.03.2017
12013
2 daqiqa o‘qiladi

Sharjadagi kuchli yomg‘ir uch yigitning bevaqt hayotdan ko‘z yumishiga sabab bo‘ldi

Foto: Supplied

Juma kuni Xorfakkan (BAA)da yog‘gan kuchli yomg‘ir natijasida sodir bo‘lgan dahshatli YTH uch amirlik yigitni bevaqt hayotdan olib ketdi. Bu haqida Sharja politsiyasi xabariga asoslanib, GulfNews ma'lum qildi

Sharjalik uch yigit - ulardan ikki nafari egizaklar - mashinada ketayotib, Xorfakkandagi Al-Haray ko‘chasida chiroq ustuniga borib urilgan. 

YTH qurbonlari taxminan 15-20 yosh atrofida bo‘lgan.

Mahalliy vaqt bilan tonggi 10:30 da Sharja politsiyasiga avtohalokat haqida xabar berishgan. Voqea joyiga politsiya va tibbiyot xodimlari, shuningdek qutqaruv otryadlari yetib kelishgan. Qutqaruvchilar qurbonlarning tanasini mashinadan chiqarib olish uchun metall kesish moslamalaridan foydalanishgan. 

Yigitlarning joni voqea sodir bo‘lgan joyning o‘zidayoq uzilgani ma'lum qilindi. 

Dastlabki tergov ishlari shuni ko‘rsatdiki, YTHga yomg‘irli ob-havo sharoitida avtomobilning yuqori tezlikda boshqarilgani sabab bo‘lgan. 

Ayni damda BAAda kuchli yomg‘ir kuzatilayotgani sabab Sharja politsiyasi haydovchilardan ehtiyotkor bo‘lishni so‘ragan.

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid