Oddiy va mazali ichimlik bo‘g‘inlaringizga yangi hayot bag‘ishlaydi
Inson yashar ekan, yoshi o‘tgan sayin salomatligida turli muammolarga duch keladi. Shulardan biri bo‘g‘inlardagi og‘riqlardir. Albatta, inson keksayishi barobarida tizza bo‘g‘inlaridagi paylar va to‘qimalar egiluvchanligi hamda harakatchanligini yo‘qotadi. Buning oqibatida yurganda og‘riq paydo bo‘ladi.
Turli xil salbiy omillar, birinchi navbatda noto‘g‘ri ovqatlanish natijasida, bo‘g‘inlardagi suyuqlik ishlab chiqarilishi kamayadi. Oqibatda tog‘aysimon to‘qimalarga zarar yetadi. Bu esa artroz debochasidir. Xo‘sh bo‘g‘inlarni mustahkamlashning imkoni bormi?
Buning uchun sizga sulidan tayyorlangan kokteylni tavsiya qilamiz. «Tak Prosto!»ning ta'kidlashicha, bu ichimlik tizzasidan aziyat chekayotganlar uchun juda foydalidir. U tizzalarda yumshatuvchi suyuqlik ishlab chiqarilishini kuchaytiradi, egiluvchanlikni yaxshilaydi, bu o‘z navbatida harakat va faollikka ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Bundan tashqari, kokteyl juda to‘yimli bo‘lib, ajoyib ta'mga ega. Shunga ko‘ra, nonushta yoki kechki ovqat o‘rniga ham o‘tadi.
Bu ichimlikning tarkibi quyidagicha:
250 ml suv
50 g suli yormasi
100 ml apelsin soki
1 osh q. maydalangan yong‘oq
1 osh q. asal
Dolchin, ta'bga ko‘ra
Qanday tayyorlanadi:
Suv va suli yormasidan suli bo‘tqasi tayyorlanadi. U sovuguncha, apelsin soki dolchin, asal va yong‘oq bilan aralashtiriladi. Bu aralashma suli bo‘tqasiga qo‘shiladi va blender yordamida aralashtiriladi.
Kokteyl jismdagi jarayonlarni normallashtiruvchi moddalarga boy. Ikki hafta o‘tgach, bo‘g‘inlaringizda o‘zgarishni seza boshlaysiz.
Mavzuga oid
15:46 / 14.11.2024
“Abadiy ximikatlar” yoshlarda buyrak shikastlanishiga olib kelishi mumkin - tadqiqot
15:19 / 13.11.2024
Ularni har kuni yutamiz: havoni ifloslantiruvchi 10 ta eng zararli modda
12:53 / 10.11.2024
Yangi tadqiqot ijtimoiy tarmoqlarning zarari haqidagi stereotipni rad etdi
17:59 / 08.11.2024