O‘zbekistonda kutilayotgan sovuq havo meva-sabzavot hosiliga ta'sir qiladimi?

O‘zgidrometerologiya markazining xabar berishicha, 1–4 aprel kunlari respublikamizda havoning keskin o‘zgarishi, qorga aylanuvchi yomg‘ir yog‘ishi, shamolning tezligi sekundiga 17–22 metrga yetishi kutilmoqda.
REGNUM axborot agentligi ma'lumotlariga ko‘ra, aprel oyining boshida kutilayotgan ayoz, yomg‘ir va kuchli shamol gilos, o‘rik va shaftoli kabi mevalarning hosiliga salbiy ta'sir qilishi mumkin. Ayni paytda yurtimizda bu daraxtlar gullamoqda.
Ekspertlarning fikricha, bunday sovuqning kutilmaganda qaytishi bog‘ va tomorqalardagi gullayotgan va tuguncha yozayotgan ko‘plab nabobot turlari hosilining nobud bo‘lishiga sabab bo‘lishi mumkin. Sabzavot va mevalar uchun havo haroratining –5... –9 darajaga tushishi ham halokatli oqibatlarga olib keladi. Kashnich, sabzi, selderey, piyoz, shivit va ismaloq ekkanlar xotirjam bo‘lishlari mumkin — ular sovuqqa chidamli o‘simliklar hisoblanadi va –8... –10 daraja sovuqqa ham chidaydi. Talofat ko‘rishi mumkin bo‘lgan o‘simliklar ichida pomidor, bodring, baqlajon va qalampir kabi o‘simliklar bor. Ular issiqxonada ekilgan bo‘lsa ham, me'yordagi harorat rejimini saqlash, keskin o‘zgarishlardan himoyalash kerak. Yengil minus (–2... –3 daraja) ularni nobud qilmaydi, lekin rivojlanishini bir necha hafta ortga surishi mumkin. Gilos, olma va boshqa danakli mevalarning –4 daraja sovuqda pushtasi to‘kiladi, gullayotgan paytida –2 daraja sovuq ursa ham tugunchasi nobud bo‘ladi.
Rasmiy ma'lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda yiliga 17 million tonna meva-sabzovot mahsulotlari yetishtiriladi, ularning 4 million tonnadan ortig‘i eksport qilinadi. Ya'ni, respublikamizda yetishtirilayotgan meva-sabzovotlar miqdori nafaqat ichki bozorni to‘liq ta'minlash, balki yuqori sifatli mahsulotlarni xorijga yetkazishga ham yetadi.
O‘tgan yilning noyabr oyida o‘tkazilgan I xalqaro meva-sabzavot yarmarkasida O‘zbekiston 1 mlrd. AQSh dollaridan ortiq summaga 355 ta shartnoma imzolagan edi. Ushbu shartnomalarga ko‘ra, O‘zbekiston 1 mln. 421 ming tonna meva-sabzavot mahsulotlarini eksport qiladi. "O‘zagroeksport" ma'lumotlariga ko‘ra, 2017 yilda O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari yalpi eksportini 2016 yildagiga nisbatan 1,55 martaga oshirib, 1,27 mln. tonnaga yetkazishni rejalashtirgan. Kompaniya mutaxassislarning baholashicha, eksport umiymiy hajmining 60 foizi Rossiya Federatsiyasiga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari, O‘zbekiston joriy yilda Qozog‘istonga yetkaziladigan meva-sabzavot mahsulotlari ulushini 23 foizga oshirib — 410 mln. AQSh dollari qiymatida 560 ming tonnaga yetkazishni maqsad qilgan.
Tavsiya etamiz
Chigirtkalar bosqini: Bu ham iqlim bilan bog‘liq muammomi?
O‘zbekiston | 15:49 / 14.05.2025
«Eng kambag‘al prezident» Xose Muxika vafot etdi
Jahon | 08:03 / 14.05.2025
Toshkentda yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi
O‘zbekiston | 19:08 / 13.05.2025
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29 / 13.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
Jamiyat | 14:39
-
AI markaziga aylanmoqchi bo‘lgan BAA, Putindan xafa bo‘lmagan Tramp va G‘azo bo‘yicha reja – kun dayjesti
Jahon | 14:29
-
«Chegarada harbiy istehkom qurdik» – Rossiya armiyasiga yollangan yana bir o‘zbekistonlik jazoga tortildi
Jahon | 14:19
-
Medinskiy Ukraina bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralardagi vazifani aytdi
Jahon | 14:09
Mavzuga oid

14:10 / 14.05.2025
O‘zbekiston va Eron 1 mlrd dollarlik loyiha portfeli va savdo kelishuvlarini shakllantirdi

22:24 / 12.05.2025
O‘zbekistonliklar eng ko‘p Green Card yutganlar orasida 1-o‘rinni egalladi

13:30 / 07.05.2025
O‘zbekistonda ilk bor yomg‘irni sun’iy yog‘dirish texnologiyasi sinab ko‘rilmoqda

17:57 / 29.04.2025