Vazir Aziz Abduhakimovning aytişiça, havoga qöyib yuborilgan zaharli modda “Navoiyazot”dan çiqmagan. Asosiy manba “Elektroapparat” hududidagi korxonalar ekani aytilmoqda. Abduhakimov ekoinspektorlarning örganişi tugagaç, öşa korxonaning faoliyatini töxtatiş böyiça sudga ariza kiritilişini ma’lum qildi. Qolaversa, rasmiy vakil zavodlarning havo ifloslanişining oldini olişdagi rejalarini oçiqladi.

19 iyul kuni Navoiy şahrini qalin tutun qoplab, şaharda ötkir hid paydo bölgandi. Şahar aholisi bu yötal qözğaganidan şikoyat qilişgandi. Tarmoqlarda vaziyatga oid surat va videolar tarqalgaç, Navoiy viloyati Ekologiya boşqarmasi bunda “Navoiyazot”ni aybladi. Zavod vakillari esa tutun şaharga ğarbiy hududdan kirib kelganini aytişgandi.

23 iyul sanasida ötgan matbuot anjumanida Ekologiya, atrof-muhitni himoya qiliş va iqlim özgarişi vaziri Aziz Abduhakimov bu boradagi örganişlar haqida ma’lumot berdi. Uning aytişiça, havo ifloslanişidagi asosiy manba “Navoiyazot” AJ bölmagan.

“U yerda “Elektroapparat” degan korxona hududida, eski hududda bir neçta korxonalar mavjudligi aniqlandi. Hozir endi xulosalar çiqib, mutaxassislar uni tasdiqlamagunça men aytib qöysam, notöğri böladi. Lekin biz şu manbasini topib, albatta, uni jazolaymiz.

Şu, köproq keçasi havoga [zaharli moddani] qöyib yuborgan. Bizning inspektorlarimiz tezkor ravişda ham şu joyga çiqqan holda öşa vaziyatni örganişdi va oldini oliş nuqtayi nazaridan, hozir öşa aniqlangan korxonaning faoliyatini töxtatiş böyiça men topşiriq berdim. [Bu böyiça] sudlarga özimizning [arizamizni] kiritamiz”, – dedi u.

Şuningdek, vazir Kun.uz muxbirining umuman respublikada havo sifatini buzişda asosiy hissador bölgan zavodlar soni qançaligi va buni kamaytirişda qanday işlar qilinayotganiga oid savoliga javob berdi.

Ta’kidlanişiça, buning uçun korxonalarga avtomatik ölçaş monitorlari örnatiş talabi qöyilgan. Endilikda bu talabni bajarmaganlar uçun jarima va kompensatsiya tölovlari oşirilişi kutilyapti. Buning uçun Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi işlab çiqilgani va Oliy Majlisga taqdim qilingani aytildi.

“