Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Özbekistonning Qoraboğni tiklaş yölidagi harakatlaridan minnatdor ekanini aytdi. Aliyev bu haqda Xonkandida ötkazilgan mediaforum doirasida özbekistonlik jurnalist Şerzodxon Qudratxöjaning savoliga javoban gapirdi.

«Özbek birodarlarimizning qöllovi biz uçun juda muhim. Qoraboğni tiklaş yölidagi ilk sovğani Özbekiston bergan. Şavkat Mirziyoyev taşabbusi bilan Fuzuliyda 960 öquvçiga moslaşgan Mirzo Uluğbek nomidagi maktab oçgandik», – dedi Aliyev.

Şerzodxon Qudratxöja forum davomida Ozarboyjon prezidentiga bir neça savollar berdi. Xususan, Zangezur koridori va Ilhom Aliyevning otasi Haydar Aliyev haqida söradi. Prezident Zanguzer koridori bir neça davlatni boğlaydigan muhim arteriya bölişini aytdi. Otasi haqida savolga esa ta’sirlanib javob berdi.

«Vatanimiz uçun qiyin damlarda xalqimizning baxtiga Haydar Aliyevdek odam bor edi. U öşa vaqt yoş emas, 70 ga kirgandi, salomatligida ham muammolar bor edi. Lekin u vaziyatni iziga tuşira oldi. Otam Qoraboğ ozod qilinişini eng köp istagan odam edi, lekin, afsus, bu kunlarni köra olmadi», – dedi Ilhom Aliyev.