Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoy Samarqandda yiliga 2 million tonna sement ishlab chiqaruvchi zavod quradi
Xitoyning yirik Anhui Conch Cement Company Limited kompaniyasi Samarqandda "Umar" qurilish va ishlab chiqarish korporatsiyasi rahbariyati bilan muzokaralar o‘tkazdi. Ular sement zavodi yaratish borasidagi hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi.
26 mart kuni Xitoyning janubi-sharqidagi Anxay provinsiyasidan Samarqandga ishbilarmonlar guruhi tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida sement ishlab chiqarish bo‘yicha jahon yetakchilaridan biri Conch kompaniyasining turli departamentlari rahbarlari bo‘lgan.
Xitoy vakili XXR rahbariyatining "Buyuk ipak yo‘li" konsepsiyasini faol ilgari surishi haqida so‘zlar ekan, shunday dedi: "Korporatsiyamiz davlat korxonasi hisoblanar ekan, bizning oldimizga bu yo‘lda joylashgan mamlakatlardagi kompaniyalar bilan hamkorlik qilish vazifasi qo‘yilgan".
Xitoylik mehmonning so‘zlariga ko‘ra, Conch kompaniyasi Rossiyada bir necha zavod qurgan, endi esa u Markaziy Osiyoda ham ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi. "Biz O‘zbekistonda xorijiy kompaniyalar uchun yaratilgan investitsion iqlim haqida yaxshi bilamiz, - dedi u. - Biz bu yerda yiliga 2 million tonna sement ishlab chiqaruvchi zavod qurmoqchimiz".

Salohiyatli sarmoyachilar "Umar" koporatsiyasi rahbari Umar Rajabov bilan birga sement zavodini qurish imkoniyatlarini o‘rganib chiqishdi. Ular korxona qurish uchun taklif qilingan hududlarda bo‘lishdi, shuningdek infratuzilma, elektr energiyasi va gaz manbalariga ulanish imkoniyatlarini o‘rganishdi.
Mehmonlarga ayniqsa Mironko‘l tog‘lari xush keldi. Yomg‘irli ob-havoga qaramay, ular sement uchun asosiy xom-ashyo bo‘lgan ohaktosh konini yaxshilab ko‘zdan kechirishdi, tabiatdan baxramand bo‘lishdi, ko‘p suratga olishdi. Ma'lumki, joy tanlashdagi asosiy mezonlardan biri xom-ashyo manbaining yaqinligi hisoblanadi.
Shuningdek Umar Rajabov xitoylik ishbilarmonlarga o‘zining Cho‘pon ota massivi va kimyogarlar qishlog‘idagi ishlab chiqarish majmualari hududini ko‘rsatdi. Qishloqqa olib boruvchi yo‘lda ular shahar chiqindixonasiga qiziqish bildirishdi. Ular maishiy chiqindilarni ko‘rib, ularni qayta ishlovchi korxona yaratish variantlarini ko‘rib chiqishga va'da berishdi.

Xitoy vakili unga Umar Rajabovning ko‘p qirrali faoliyati ma'qul kelganini aytdi. "Janob Rajabovning ikki haftadan keyin Xitoyga amalga oshiradigan tashrifi chog‘ida ikki tomonlama protokol imzolanadi, - dedi mehmon. - Biz hamkorligimizga bog‘liq qolgan masalalarni aniq ko‘rib chiqamiz".
Anhui Conch Cement Company Limited kompaniyasiga 1996 yilda Hongkongda asos solingan. U Xitoyning eng yaxshi 120 kompaniyasi ro‘yxatiga kiradi. Kompaniya Xitoyning 20 provinsiyasi, shuningdek Indoneziya va Myanmada o‘z bo‘limlariga ega. Kompaniya mahsulotlari dunyoning 20 dan ziyod mamlakatlariga, jumladan AQSh va Yevropaga ham eksport qilinadi. Ushbu kompaniyada 60 ming kishi faoliyat yuritadi. Anxoy provinsiyasi aholisi esa 64 million kishini tashkil qiladi.
Toshpo‘lat Rahmatullayev,
Samarqand
Suratlar muallifga tegishli
Mavzuga oid
23:04 / 13.06.2026
Samarqandda Rossiyada ishlashni rejalashtirayotgan fuqarolar uchun test markazi ochiladi
10:50 / 12.06.2026
Samarqandning olis tumanlariga investitsiyalar jalb etiladi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
17:46 / 10.06.2026