Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Hindiston o‘zaro hamkorlikni kengaytiradi
2017 yil 23-25 mart kunlari O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi delegatsiyasi O‘zbekiston-Hindiston vazirliklararo maslahatlashuvlarida ishtirok etish doirasida Dehli shahrida bo‘ldi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Delegatsiya Hindiston respublikasining tashqi ishlar davlat vaziri Mubashshar Javad Akbar, savdo va sanoat vazirligi davlat kotibi Rita Teotiya, “Hindiston-MDH” savdo-sanoat palatasi prezidenti Rajan Madhu, Hindiston savdo-sanoat palatalari Assotsiatsiyasi prezidenti Sandip Jajodiya, Hindiston savdo-sanoat palatalari federatsiyasi bosh direktori Ambika Sharma bilan ikki tomonlama uchrashuv va muzokaralar o‘tkazdi.
Muzokaralar chog‘ida iqtisodiy va boshqa sohadagi aniq qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga urg‘u bergan holda O‘zbekiston va Hindiston o‘rtasidagi munosabatlarning hozirgi holati va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
10:15 / 17.06.2026
O‘zbekistonda 10 yoshdan katta aholining qariyb barchasi mobil telefon ishlatadi
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026