Jahon | 21:38 / 28.03.2017
5846
2 daqiqa o‘qiladi

Bort kuzatuvchisi favqulodda holat sabab samolyotni qo‘ndirishga ko‘maklashdi

Germaniyaning TUIfly aviakompaniyasi bort kuzatuvchisi o‘zini yomon his qila boshlagan Boeing 737-800 uchuvchisi  o‘rnini egalladi va bortdagi 190 nafar yo‘lovchisi bo‘lgan samolyotni qo‘ndirishga yordam berdi. Bu haqida Germaniyaning aviatsion hodisalarni o‘rganish bo‘yicha federal byurosi ma'lumotiga asoslanib, Welt gazetasi xabar berdi. 

"Jamoa o‘zini namunali tutdi. Bunday vaziyat juda kamdan-kam bo‘ladi, qayd etish joizki, xavfsizlik choralari buzilmagan", - deydi aviakompaniya vakili. 

2016 yilning 11 oktabrida Fransiya osmonida ham shunday voqea yuz bergan, biroq bu haqida mahalliy matbuot tergovi tufayligina ma'lum bo‘ldi. 

Gannover-Mayorka reysi amalga oshirilayotgan bir paytda uchuvchilardan birining ahvoli yomonlashgan: qon bosimi tushib, boshi aylangan. Bort kuzatuvchisi o‘zini yo‘qotib qo‘ymay, havo kemasi boshqaruviga o‘tirgan. U ikkinchi uchuvchi bilan birga samolyotni muvaffaqiyatli qo‘ndirishning uddasidan chiqqan. Germaniyaning aviatsion hodisalarni o‘rganish bo‘yicha federal byurosi gazetaning bu ma'lumotini tasdiqladi.

GFR Aviatsiya uchuvchilari itifoqi ekspertining nashrga bildirishicha, qolgan bir uchuvchining o‘zi ham samolyotni yolg‘iz qo‘ndirishi mumkin bo‘lgan. Shunga qaramay, bort kuzatuvchining xatti-harakatlari tahsinga sazovor, u professional hamjamiyat tomonidan yuqori baholandi. 

Mavzuga oid