Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pokistonda poyezd va avtosisterna to‘qnashishi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
Pokistonda yo‘lovchi poyezdi neft olib ketayotgan avtosisterna bilan to‘qnashib ketishi oqibatida kamida 2 kishi halok bo‘ldi, 10 kishi jarohat oldi, deb xabar bermoqda Geo TV telekanali.
Voqea 28 martga o‘tar kechasi Panjob viloyatidagi Shayxupur okrugida yuz bergan. Mahalliy hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, temir yo‘l o‘tish joyi oldida avtosisternaning tormozi ishlamay qolgan. Bundan tashqari, poyezd yaqinlashayotgan vaqtda o‘tish joyidagi shlagbaum ko‘tarilgan holda bo‘lgan.
To‘qnashuv oqibatida poyezd mashinisti va uning yordamchisi halok bo‘lgan. Poyezdning 5 ta vagoni alanga ichida qolgan. O‘t o‘chiruvchilar yong‘inni tezda o‘chira olishgan.

Mavzuga oid
23:37 / 20.04.2026
«Forscha shaxmat Trampga og‘irlik qilyapti» – muzokaralarda mujmallik hukmron
14:24 / 08.04.2026
O‘zbekiston AQSh va Eron o‘rtasida tuzilgan sulhni olqishladi
06:22 / 08.04.2026
Tramp ikki haftalik sulh e’lon qildi
08:31 / 07.04.2026