Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Xitoy kinochilik sohasidagi hamkorlikni mustahkamlashtiradi
“O‘zbekkino” Milliy agentligi bosh direktori Otabek Musayev Xitoy Xalq Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi janob Sun Litsze bilan uchrashdi. Bu haqda “O‘zbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati ma'lum qilmoqda.
Unda kinematografiya sohasida ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan eng sara filmlarni Xitoy Xalq Respublikasi hududida, Xitoylik kinoijodkorlar tomonidan yaratilgan filmlarni O‘zbekistonda namoyishlarini yo‘lga qo‘yish, yurtimiz kinematograflarining Xitoydagi yirik kinofestivallarda, jumladan, Shanxay Xalqaro Kinofestivali va Fudjo shahrida o‘tkaziladigan Ipak Yo‘li Xalqaro kinofestivalida ishtirok etishi kabi bir qator masalalar muhokama qilindi.
Shu bilan birga, aprel oyining boshida Xitoy Xalq Respublikasi kinokompaniyalari rahbarlaridan iborat delegatsiyaning O‘zbekistonga tashrifiga doir tashkiliy ishlar kelishib olindi.
Uchrashuvda o‘zaro do‘stlik va ishonch prinsiplari asosida tashkil etilayotgan tadbirlarni muntazamligini ta'minlash ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlash va yanada rivojlantirishga xizmat qilishi yana bir bora ta'kidlandi.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
08:43 / 11.06.2026
Jahon neft savdosi markazi Osiyoga ko‘chmoqda
22:15 / 09.06.2026
Xitoyda ilk marta odamga cho‘chqaning ikkita buyragi va jigari muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazildi
21:33 / 09.06.2026