Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Rossiya TIV prezidentlar uchrashuviga tayyorgarlik masalasini muhokama qildi
O‘zbekiston va Rossiya Tashqi ishlar vazirlarining o‘rinbosarlari O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama qildi.
27 mart kuni RF TIV rahbari o‘rinbosari Grigoriy Karasin va O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Saidkarim Niyozxo‘jayev o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan.
Tomonlar O‘zbekiston prezidentining Rossiyaga davlat tashrifiga tayyorgarlik ko‘rish masalasini muhokama etishgan.
Bundan tashqari, diplomatlar ikki tomonlama munosabatlar hamda 7 aprel kuni Toshkentda bo‘lib o‘tadigan MDH TIV kengashi yig‘ilishi doirasidagi kun tartibidagi masalalar yuzasidan fikr almashishdi.
Shavkat Mirziyoyevning Moskvaga tashrifi aprel oyi boshida amalga oshirilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
09:13 / 11.07.2026
Moskva ilk marta yoqilg‘i inqirozining haqiqiy sababini ochiqladi
18:34 / 04.07.2026
Ukraina Peterburgga hujum qildi
09:20 / 04.07.2026
Moskva harbiy sudi Simonyanga suiqasd ishi bo‘yicha hukm chiqardi
08:51 / 19.06.2026