Birinchi chorak davomida 39 nafar moliyaviy xodimga xayfsan e'lon qilindi
O‘zbekistonda 39 nafar moliyaviy xodimga “Ishonch telefoni” orqali kelib tushgan murojaatlarni tekshirish davomida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan “xayfsan” e'lon qilindi.
Shuningdek, kelib tushgan murojaatlarni o‘rganish yakunlari bilan 4 tasi huquqni muhofaza qilish organlariga topshirildi va 2 tasi bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilotlarga taqdimnoma yuborildi.
“G‘aznachilik, pensiya, ish haqi to‘lovi masalalari hamda tender va tanlov savdolarining to‘g‘ri o‘tkazilishi yuzasidan 2017 yilning 20-mart kuniga qadar bosh boshqarmaning “Ishonch telefoni”ga fuqarolardan 288 ta murojaatlar kelib tushdi. Shundan, 1-chorak davomida 285 (shundan 41 tasi 2016 yildan o‘tgan) o‘rganib chiqildi va ularning 88 tasi yoki 30,8 foizi o‘z tasdig‘ini topdi”, - deb xabar berdi O‘zbekiston Moliya vazirligining Nazorat-taftish bosh boshqarmasi.
“Ishonch telefoni” 24 soat davomida ishlab turishi va fuqarolardan tushayotgan murojaatlarni uzluksiz qabul qilish uchun, ishdan tashqari vaqtlarda kelayotgan shikoyatlarni avtomatik tarzda yozib olish va saqlash sistemasi ishga tushirildi. TP-Link rusumli modem drayver komponentlari qo‘yildi hamda kompyuterga Ventafax 5.0 dasturi o‘rnatilib avtojavob berish funksiyasiga ulandi.
Mavzuga oid
11:40 / 10.11.2024
Oltin va kumush arzonlashdi, Bitcoin narxi keskin oshdi - xalqaro moliya bozori sharhi
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024