Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Dunyodagi har beshta telefondan bittasi soxta ekani aniqlandi
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti yangi hisobotiga ko‘ra, dunyodagi har beshinchi mobil telefonini soxtadir. Shuningdek o‘yin qurilmalarining to‘rtdan bir qismi ham asl bo‘lmasligi katta ehtimolga yaqin.
Hisobotda aytilishicha, dunyo bo‘ylab sotilayotgan mahsulotlarning taxminan 2,5 foizi soxtadir. Texnik jihatdan murakkab bo‘lgan tovarlar: noutbuklar, smartfonlar va tegishli aksessuarlarning yuqori qiymati esa ularni firibgarlar uchun yanada yaxshi nishonga aylantiradi.
Soxta mahsulotlar inson hayoti va sog‘lig‘iga zarar keltirishi mumkin. Ular shuningdek xavfli moddalarga ham ega bo‘lib chiqishi mumkin, masalan, qo‘rg‘oshin va kadmiy (kumushsimon yumshoq metall). Telefonlarning soxta quvvatlantirish qurilmalari esa yong‘in kelib chiqishi va elektr toki urishiga sabab bo‘ladi.
Eng ko‘p soxtalashtiriladigan mahsulotlar orasida akkumulyatorlar, quvvatlantirish qurilmalari, xotira kartalari, magnitli kartalar va musiqali pleyerlar bor. Firibgarlar hattoki noutbuklar yig‘ishga ham usta bo‘lib ketishgan!
Soxta qurilmalarning deyarli 43 foizi Amerika firmalari intellektual huquqlarini buzsa, 25 foizi – Finlyandiya, 12 foizi esa – Yaponiya korxonalariga zarar keltiradi. Hisobotda qayd etilishicha, soxta mahsulotlar asosan Xitoyda ishlab chiqariladi.
Mavzuga oid
23:08 / 23.02.2026
Ijtimoiy tarmoqlardagi «dipfeyk» firibgarliklar rekord darajaga yetdi
15:24 / 19.02.2026
Fuqarolar MyGov orqali bank kartalari va SIM-kartalari sonini ko‘ra oladi
14:03 / 19.02.2026
IIV akademiyasiga kiritib qo‘yishni va’da qilganlar ushlandi
15:21 / 14.02.2026