Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fazliddin G‘oibnazarovning professional boksdagi ilk raqibi aniq bo‘ldi
O‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarovning professional boksdagi ilk raqibi nomi aniq bo‘ldi. Bu haqda «Olamsport» nashri xabar tarqatdi.
Rio—2016 chempioni o‘zining ilk jangini 22 aprel kuni AQShning Kaliforniya shtati Karson shahrida joylashgan ClubHub Center arenasida o‘tkazishi avvalroq xabar qilingandi. O‘sha kuni G‘oibnazarov amerikalik Viktor Vaskesga qarshi ringga chiqadi.

Ma'lumot uchun, Viktor Vaskes 1995 yil AQShning Nyu-York shahrida tug‘ilgan. U professional boksda hozirga qadar 9 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, janglarining 7 tasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratgan. Nokaut evaziga g‘alaba qozongan janglari soni 3 tani tashkil qiladi. Ikki marotaba mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Bir bor nokautga uchragan.
Mavzuga oid
22:03 / 26.06.2026
Bokschi Usik uchta chempionlik kamaridan voz kechdi
07:17 / 24.05.2026
Shahram G‘iyosov professional boksda ilk bor mag‘lubiyatga uchradi
20:43 / 27.04.2026
Sobiq jahon chempionlari Fyuri va Joshua jang haqida kelishib oldi
00:24 / 02.03.2026