Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Osiyo botanika bog‘i va yangi akvapark quriladi
Shavkat Mirziyoyev 2016 yil 24 noyabr kuni Toshkent shahri saylovchilari bilan uchrashuvida 2017 yilda poytaxtimizda yangi madaniyat va istirohat bog‘lari barpo etilishini ta'kidlagan edi, deb yozadi O‘zA.
– Bugungi kunda bu borada jadal ishlar olib borilmoqda, – deydi Toshkent shahar hokimining birinchi o‘rinbosari Nozim Husanov. – Bog‘larning har biri o‘ziga xos ko‘rinish va yo‘nalishga ega bo‘ladi.
Husanovning so‘zlariga ko‘ra, Shayxontohur tumani Beltepa ko‘chasida ko‘p funksional bolalar istirohat bog‘i, Uchtepa tumanida Foziltepa va Farhod ko‘chalari kesishgan joyda Osiyo botanika bog‘i shaklidagi ko‘ngilochar park, Chilonzor tumani Bunyodkor ko‘chasida sog‘lomlashtirish akvaparki, Mirzo Ulug‘bek tumanida Hamid Olimjon va Mahatma Gandi ko‘chalari chorrahasida estetik istirohat bog‘i, Mirobod tumanida Nukus va Oybek ko‘chalari kesishuvida salomatlik va sport bog‘i, Sergeli tumani Do‘stlik mavzesida multimediyaviy favvorali madaniyat va istirohat bog‘i tashkil etiladi.
Bu parklarning jami yer maydoni 45 gektarga yetadi. Ularga 110 attraksion o‘rnatiladi.
Mavzuga oid
18:20 / 04.07.2026
Toshkentning har bir tumanida 15-20 tadan jamoat hojatxonalari quriladi
17:57 / 04.07.2026
Toshkentda yangi tipdagi maktablar quriladi: sportzal va oshxona yerto‘lada bo‘ladi
17:37 / 04.07.2026
Sergelida kanalizatsiya inshooti atrofidagi sassiq hid bartaraf etiladi
17:03 / 04.07.2026