“O‘rikzor” bozorida bir necha yuz million so‘mlik mahsulotlarni o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi
Toshkent shahar Uchtepa tumani IIB xodimlari juda katta miqdorda amalga oshirilgan o‘g‘irlikni fosh qilishdi, deb xabar bermoqda Nuz.uz nashri.
Uch nafar buxorolik fuqarolar bozor omborxonalaridan mahsulotlarni o‘g‘irlab, ularni pullash usulini o‘ylab topgan.
"O‘g‘rilar omborxonaga tunda kelishgan. Qorovullar esa ular konteyner egalari bo‘lganiga ishonchi komil bo‘lgan va ularni o‘tkazib yuborgan. Jinoyatchilar omborxonaga kirib, biror konteyner qulfini ochib, narsalarini yuk mashinasiga ortib, konteynerni esa yana qulflab ketaverishgan. Shunday ishlar bir necha oy davom etgan. O‘g‘rilar asosan qurilish mollari, texnika va elektronika saqlanayotgan omborxonalarni tanlab olishgan. Shuningdek ular avtomobil ta'miri uchun kerakli qimmatbaho mahsulotlarni ham o‘g‘irlashgan", — deb hikoya qilib bergan Uchtepa tuman IIB tergov bo‘limi boshlig‘i Jafar Amonov.
O‘g‘irlangan mollarni jinoyatchilar yarim bahoda Toshkentning boshqa bozorlarida sotishgan yoki Buxoro viloyatiga jo‘natishgan.
Qizig‘i shundaki, ushbu ish yuzasidan qidiruv ishlari jabrlanganlar arizasi tufayli emas, hududni nazorat qilayotgan huquqni saqlash organlari xodimlari tashabbusi bilan boshlangan.
Dastlab "O‘rikzor" bozorida paydo bo‘layotgan juda arzon mollar tezkor-qidiruv xodimlari diqqatini tortgan. Keyin ular konteyner egalaridan yo‘qolgan mahsulot haqida so‘rab surishtira boshlashdi. Konteyner egalari mahsulotlarini qayta sanab chiqib, yo‘qolgan narsalarni aniqlashgan. Shundan keyin militsiyaga bir necha ariza kelib tushdi.
"Eng katta zarar avtomobil ta'mirlashda ishlatiladigan lak-bo‘yoq mahsulotlari sotuvchilariga yetkazilgan — 122 mln. so‘m. Shuningdek bir necha yuz millionlik televizorlar, isitgichlar, konditsionerlar va qurilish mollari o‘g‘irlangani aniqlandi," — degan tergovchi.
Jinoyatchilar qo‘lida bo‘lgan telefonlar orqali o‘g‘irlangan mollarni sotib olgan barcha sotuvchilar ham aniqlangan. Ularning Telegram messenjeri orqali olib borgan suhbatidan xaridorlar ushbu mahsulotlarning kelib chiqishidan xabardor bo‘lgani aniqlangan. Shu tufayli xaridorlar ham jinoiy ish ishtirokchilariga aylangan.
Jinoy guruhning barcha a'zolariga bir necha yillik ozodlikdan mahrum qilish jazosi berilishi kutilmoqda.
Tavsiya etamiz
Kiyevga yashil chiroq: Ukraina endi uzoq masofalarga zarba bera oladi
Jahon | 00:41
Alonso «Real»da. Endi kim o‘zgaradi – klub yoki murabbiy?
Sport | 11:37 / 29.05.2025
Chet ellik jangchilar, xususan o‘zbeklar Suriyadan quviladimi?
Jahon | 21:35 / 28.05.2025
Moskvada shaharni bilishini isbotlab bermagan taksichilar jarimaga tortiladi
Jahon | 20:35 / 27.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Beton, g‘isht quyish ham qo‘limdan keladi” – rishtonlik suvoqchi qiz hikoyasi
Jamiyat | 15:21
-
Rossiya Mudofaa vazirligi urushda shikastlangan texnikalarni metallolom uchun sotmoqda
Jahon | 15:14
-
O‘zbekistonda Qozog‘iston tibbiyoti kunlari o‘tkaziladi
O‘zbekiston | 14:55
-
Isroil Iordan G‘arbiy sohilida yana 22 ta aholi punktini quradi
Jahon | 14:54
Mavzuga oid

23:34 / 22.05.2025
Angrenda 4 nafar maktab o‘quvchisi bitiruv kechasiga pul topish maqsadida o‘g‘rilik sodir etdi

14:13 / 16.02.2025
Farg‘onada o‘g‘irlikka tushgan yigit onani bolalari ko‘z o‘ngida o‘ldirdi

19:12 / 30.01.2025
Niderlandiyada 2,5 ming yillik oltin buyumlarni o‘g‘irlashda gumonlangan shaxslar ushlandi

18:19 / 13.01.2025