Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda 40 ta yangi ko‘chma dorixonalar tashkil etiladi: ular “Damas” avtomashinalarida bo‘ladi
Aholining sifatli va arzon dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini qondirish maqsadida chekka tumanlarda faoliyat yurituvchi ko‘chma dorixonalar tashkil etilgan, deb xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi axborot xizmati.
Ayni damda “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining maxsus jihozlangan “ISUZU” rusumli izotermik avtofurgonlarida 14 ta ko‘chma dorixonalar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan. Bundan tashqari, “DAMAS” rusumli avtomashinalarda qo‘shimcha ravishda yana 100 ta ko‘chma dorixonalar tashkil etilgan.
Mazkur dorixonalar qay darajada samarali ishlayotganini baholash uchun ularning o‘tgan yilgi faoliyati sarhisob qilinganda, birgina 2016 yilda kompaniya tizimidagi ko‘chma dorixonalar orqali aholiga jami 7,6 milliard so‘mlik savdo xizmati ko‘rsatilgani ma'lum bo‘ldi.
Chekka hududlardagi aholini dori-darmon bilan ta'minlashni yanada yaxshilash maqsadida 2017 yilda “DAMAS” rusumli avtomashinalarda qo‘shimcha 40 ta ko‘chma dorixona tashkil etilib, bunday dorixonalar soni 154 taga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.
Mavzuga oid
23:44 / 13.06.2026
Turkiyada qo‘lga olingan xalqaro qidiruvdagi ikki shaxs O‘zbekistonga qaytarildi
12:12 / 09.06.2026
O‘zbekistonning oltin-valuta zaxiralari qisqardi
11:00 / 08.06.2026
Isroilda xavfsizlik vaziyati keskinlashishi mumkin - elchixona
09:01 / 04.06.2026