Jamiyat | 19:00 / 30.03.2017
7154
2 daqiqa o‘qiladi

Andijonda mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligi muhokama qilindi

Andijon viloyat kasaba uyushmalari birlashmasi zalida “Mahallalarda ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlashda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda profilaktika inspektorlari hamkorligini kuchaytirish” masalasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 

Yig‘ilishda shahar hokimining o‘rinbosarlari, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar rahbarlari, masalaga daxldor davlat va nodavlat tashkilotlari rahbarlari, Andijon shahridagi Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari vakillari, uzoq muddatga xorijga ishlash uchun chiqib ketgan fuqarolarning oila a'zolari, diniy ekstremistik oqimlar a'zolarining yaqinlari, faol jamoatchilik vakillari, profilaktika inspektorlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Anjumanda so‘z olganlar viloyat mahallalarida ijtimoiy-ma'naviy muhit barqarorligini ta'minlash, jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-oqibat va hamjixatlik muhitini yaratish, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni asrab-avaylash, yoshlarni ma'naviy boy va jismonan sog‘lom qilib tarbiyalash, ularning bandligini ta'minlash, yosh avlodni mafkuraviy tahdidlardan himoya qilish, jamoat tartibi va xavfsizligini ta'minlash, huquqbuzarliklarni oldini olishda fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari hamda profilaktika inspektorlarining hamkorligini kuchaytirish borasida so‘z yuritdilar.

Yig‘ilganlarga mavzuga oid diniy-ma'rifiy film namoyish etib berildi.

Mavzuga oid