Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorazmda marafon: “Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz!”
Xorazmda viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan “Payshanba — jinoyatchilikning oldini olish va profilaktika kuni” munosabati bilan “Biz yoshlar jinoyatchilikka qarshimiz!” shiori ostida yengil atletika bo‘yicha sport marafoni o‘tkazildi.
Marafonga viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta'limining 2000 nafardan ortiq o‘quvchilari hamda profilaktik hisobga olingan, huquqbuzarlik sodir qilishga moyil 100 nafardan ziyod o‘quvchilar jalb qilindi.
Tadbir Urganch shahrining Al-Xorazmiy ko‘chasining Pahlavon Mahmud ko‘chasi bilan kesishgan chorrasida soat 10:00 da start berildi.
Marafon g‘oliblarini taqdirlash marosimi Urganch olimpiya zahiralari kolleji sport majmuasida madaniy tadbir asosida yuqori saviyada tashkil qilinib, g‘oliblar 15 ta nominatsiya bo‘yicha aniqlandi va ularga qimmatbaho, esdalik sovg‘alari topshirildi.

Bu kabi madaniy-ma'rifiy tadbirlar yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga, ularni ijtimoiy foydali faoliyatga jalb etishga, o‘quvchilarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, ayniqsa, voyaga yetmaganlar o‘rtasida huquqbuzarlik hamda jinoyatchilik va nazoratsizlikning oldini olishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
17:00 / 05.05.2026
Toshkentda ommaviy yugurish tadbiri: New Uzbekistan Annual Run–2026 marafoni bo‘lib o‘tdi
09:23 / 28.04.2026
«Urganch-1» suv ko‘taruvchi nasos stansiyasi yangilanadi – Saida Mirziyoyeva
21:46 / 27.04.2026
Saida Mirziyoyeva Xorazmda prezident qarorlari ijrosini o‘rgandi
10:15 / 17.04.2026