Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Koreyaning sobiq prezidenti hibsga olinishi mumkin bo‘lgan sudga keldi
Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xe 30 mart kuni uning hibsga olinishi hal qilinadigan sud majlisiga keldi. Majlis yakunida prokuraturaga sobiq prezidentni qamoqqa olishga order berilishi mumkin. Bu haqda Yonxap agentligi xabar qilmoqda.
Sud majlisi mahalliy vaqt bilan soat 10:30da boshlandi. Pak Kin Xe kuni kecha kechqurun, advokatlari vositasida sud majlisida ishtirok etishini bildirgan edi.
Prokuratura sobiq davlat rahbarining hibsga olinishini talab qilmoqda. Ularga ko‘ra, Pak Kin Xe dugonasi Tsoy Sun Silning korrupsiyaviy faoliyatiga daxldor ma'lumotlarni sir saqlashi mumkin.
Mavzuga oid
16:10 / 27.04.2026
Janubiy Koreya O‘zbekistonda AT ta’limi uchun 14 mln dollar grant ajratadi
22:00 / 17.04.2026
Janubiy Koreyada hayvonot bog‘idan qochgan bo‘ri 9 kundan keyin topildi
11:20 / 15.04.2026
Janubiy Koreyada barcha uchun bepul bazaviy mobil internet joriy qilinadi
18:59 / 13.04.2026