Mahallalar Mehribonlik uylariga qariyb milliard so‘mlik kiyim-kechaklarni yetkazib berdi
O‘zbekistonda o‘tgan yili fuqarolarning o‘zini o‘zini boshqarish organlari Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarini 944,6 million so‘mlik kiyim-kechaklar bilan ta'minlashdi. Bu haqda "Mahalla" xayriya jamoat fondi vakillari matbuot anjumanida aytib o‘tishdi, deb xabar bermoqda Sputnik.
Ushbu ish doirasida hammasi bo‘lib 2,2 ming bolalar qamrab olindi. Bundan tashqari keksa yoshli insonlarga manzilli ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatildi. Masalan, ular dori-darmonlar bilan ta'minlandi, davolash-sog‘lomlashtirish majmualarida hordiq chiqarishdi, shuningdek uy-joylar ta'mirida yordam ko‘rsatildi. 2016 yilda 381 nafar urush faxriysining uyi ta'miriga 163,2 million so‘m mablag‘ yo‘naltirildi.
Shuningdek “Mahalla” fondi o‘tgan yilda jismoniy imkoniyati cheklangan hamda boquvchisini yo‘qotgan oilalardan bo‘lgan 193 nafar talabaga oliy ta'lim muassasalarida tahsili uchun shartnomalarni to‘lab berish orqali 470 million so‘m miqdorida yordam berdi. Shu bilan birga, kam ta'minlangan oilalardan bo‘lgan 700dan ortiq bolaning yozda bepul hordiq chiqarishi tashkil etildi.
Bundan tashqari, mamlakat mahallalarida 307ta bolalar maydonchalari ta'mirlandi. Yana bir qiziq tashabbusga namunaviy loyihalar asosida 278ta zamonaviy maydonchalarning qurilishi aylandi.
Mavzuga oid
19:32 / 07.11.2024
Tramp O‘zbekiston bilan munosabatlarni qanday olib boradi?
17:48 / 06.11.2024
«O‘zbekiston qit’alarimiz chorrahasida joylashgan va global aloqalarimiz markazida bo‘lishi lozim» - Ursula fon der Lyayyen
21:49 / 04.11.2024
O‘zbekistonliklar 2024 yilda Qozog‘istonda eng ko‘p pul sarflagan xorijliklar qatoriga kirdi
21:21 / 17.10.2024