Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Messi FIFAga xat yozib uzr so‘radi
Argentina terma jamoasi hujumchisi Lionel Messi Chiliga qarshi JCh-2018 saralashi doirasida kechgan uchrashuv vaqtida hakam yordamchisi bilan sodir bo‘lgan vaziyat uchun uzr so‘rab, FIFAga maktub yo‘lladi.
«Men Chiliga qarshi o‘yin vaqtida hakam yordamchisini haqoratlaganim haqidagi xabarlarni butunlay inkor etaman.
Kelib chiqishiga ko‘ra braziliyalik hakam yordamchisi men nima deganimni yaxshi tushungandi, biz u bilan do‘stona ohangda gaplashgandik.
O‘sha gaplar hakamga qaratilmagan, balki havoga yo‘naltirilgandi. Buning uchun uzr so‘rayman», deyilgan Messining internetga chiqib ketgan xatida.
Eslatib o‘tamiz, FIFA Messini 4 o‘yinga diskvalifikatsiya qildi. Argentina va Chili o‘yinida ishlagan hakamlar esa haqorat so‘zlarini eshitmaganini aytishgan edi.
Mavzuga oid
19:17 / 12.07.2026
Infantino yana JCh ishtirokchilari sonini oshirish g‘oyasi haqida gapirdi
14:43 / 07.07.2026
Tramp Infantinodan Balogunga jazoni bekor qilishni so‘raganini tan oldi
19:48 / 06.07.2026
«Qizil chiziqdan o‘tildi». UYeFA Infantinoni ag‘darmoqchi
17:52 / 03.07.2026