Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jorj Bush Trampning inauguratsiya marosimidagi nutqini "safsata" deb atagan
Foto: AFP
AQShning sobiq prezidenti Jorj Bush mamlakatning yangi prezidenti Donald Trampning inauguratsiya marosimidagi nutqini "safsata" deb atagan. Bu haqda ushbu marosimda bo‘lgan guvohlarga asoslangan holda New York Magazine xabar tarqatdi.
26 yanvar kuni Morning Consult kompaniyasi va Politico gazetasi o‘tkazgan so‘rovga ko‘ra Trampning chiqishini amerikaliklarning yarmi ma'qullagandi.
"Bu qandaydir dahshatli safsata edi", deya baholagan Trampning nutqini Jorj Bush. Manba sobiq prezidentning so‘zlarini o‘z quloqlari bilan eshitganini ta'kidlagan.
Sobiq prezidentning vakillari bu borada izoh berishni istamagan.
20 yanvar kuni Tramp rasman AQShning 46-prezidentiga aylangandi. U qasamyod marosimida yig‘ilganlarga "Amerikani yanada g‘ururli, yanada boy va yanada xavfsiz" qilishga va'da bergandi. O‘z nutqi yakunida Tramp saylovoldi kampaniyasidagi shiorini takrorlagandi: "Biz birgalikda Amerikani yana buyuk qilamiz".
Mavzuga oid
14:12 / 18.01.2026
Tramp e’lon qilgan ilk linkor $22 mlrd turishi mumkin
21:44 / 26.12.2025
«Rossiya Ukraina, Qozog‘iston va Kavkazni berib yuborgan». AQSh Putin va Bushning muzokaralari rasshifrovkasini maxfiylikdan chiqardi
15:09 / 22.11.2025
FT: AQSh Ukrainadan Tramp rejasini qabul qilishni qat’iy talab qildi
12:57 / 18.10.2025