Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
10 kilogramm geroinni non ichida olib o‘tishga uringan ayol qo‘lga olindi
Turkiyaning sharqidagi Ezurumda politsiya 10 kilogramm geroinni qishloq noni ichiga joylab, olib o‘tmoqchi bo‘lgan ayol-narkokurerni qo‘lga oldi. Bu haqida DailySabah'da xabar berildi.
Politsiya viloyat bo‘limining Giyohvand moddalar bilan kurashuvchi boshqarmasi mazkur ish yuzasidan tergovni yo‘lga qo‘ydi. Giyohvand moddalar sharqiy Van shahridan Istanbulga olib o‘tilishi kerak bo‘lgan.
Politsiya shaharning shimoliy qismida tushunarsiz raqamli avtobusni to‘xtatgan. Shundan so‘ng Chapkin laqabli o‘rgatilgan it bilan avtomobilning yukxonasi tekshiruvdan o‘tkazilgan.
It non bilan to‘ldirilgan qopga ishora qila boshladi, politsiya uni ko‘zdan kechirib, odatdagidan og‘irroq ekanini sezdi.
Nonlar kesib ko‘rilgach, ularning ichidan umumiy hisobda 10 kilogramm geroin topilgan, giyohvand modda 200 grammli qopchalarga ajratilgandi.
Ma'lum bo‘lishicha, kontrabandachilar geroinni shaffof paketchalarga, keyin esa yonmaydigan materialga, shundan so‘nggina non xamiriga joylashgan.
Giyohvand moddalarni olib o‘tishga uringan avtobus yo‘lovchisi qo‘lga olingan. Unga "giyohvand moddalarni olib o‘tish" ayblovi qo‘yilgan.
Mavzuga oid
21:00 / 04.03.2026
NATO havo mudofaasi Turkiya tomonga uchirilgan Eron ballistik raketasini urib tushirdi
18:59 / 04.03.2026
Turkiya va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 34 yilligini nishonlamoqda
19:11 / 02.03.2026
Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda
17:49 / 02.03.2026