Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bangladeshda hafta davomida ikkinchi marta parom cho‘kib ketdi
Bangladeshning markaziy qismida joylashgan Megna daryosida parom cho‘kib ketgan va 3 kishi halok bo‘lib, 9 kishi bedarak yo‘qolgan. Bu haqda Sonargaon okrugi politsiyasi ma'lumot bergan.
Huquq tartibot organlari ma'lumotiga ko‘ra, hodisa 31 mart tongida ro‘y bergan. Paromda 40 nafardan ortiq yo‘lovchi bo‘lgan. Uni kuchli to‘lqin ag‘darib yuborgan. Bortda bo‘lganlarning aksari quruqlikkacha suzib kelgan.
Bu hafta davomida ikkinchi marta parom cho‘kib ketishi hisoblanadi. 28 mart kuni Bangladeshning janubidagi Pangchui daryosida parom cho‘kishi oqibatida 14 kishi halok bo‘lgandi, 13 kishi hanuz bedarak ketgan hisoblanmoqda.
Mavzuga oid
08:54 / 03.06.2026
BMT Bosh assambleyasiga yangi rais saylandi
13:18 / 01.12.2025
O‘zbekiston Bangladesh kompaniyalari uchun tranzit va ishlab chiqarish habi bo‘lishi mumkin
09:43 / 27.11.2025
Bangladeshda O‘zbekistonning yangi elchisi ishonch yorliqlarini topshirdi
16:11 / 17.11.2025