Jahon | 08:31 / 31.03.2017
3656
1 daqiqa o‘qiladi

Isroil Iordan daryosining g‘arbiy sohilida turarjoylar qurishni ma'qulladi

Isroil harbiy-siyosiy mahkamasi ko‘p yillar mobaynida ilk marotaba Iordan daryosining g‘arbiy sohilida yahudiylar uchun turarjoylar barpo etish rejasini tasdiqladi. Bu haqda bosh vazir Binyamin Netanyaxuning Facebook sahifasida ma'lum qilingan

«Bosh vazir Binyamin Netanyaxu rahbarlik qiluvchi harbiy-siyosiy mahkama bir ovozdan Shilox vodiysidagi Amon aholisi uchun yangi turarjoylar barpo etishni tasdiqladi», — deyiladi xabarda. 

Ta'kidlanishicha, 2 ming atrofida uy-joylar qurish rejalashtirilmoqda. 

Haaretz nashrining Oq uydagi yuqori lavozimli manbasiga tayangan holda xabar qilishicha, Netanyaxu Qo‘shma Shtatlar prezidenti Donald Tramp mazkur muammo yuzasidan xavotirlarini bildirmasdan avvalroq, qaror qabul qilgan. 

Shu bilan birga, Tramp fevral oyida Netanyaxudan qurilishlarni davom ettirmaslikni tavsiya qilgan edi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid