Jahon | 10:18 / 31.03.2017
2672
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp AQSh savdo kamomadi sabablarini aniqlashga topshiriq berdi

AQSh prezidenti Donald Tramp juma, 31 mart kuni mamlakat savdo defitsiti sabablarini aniqlash maqsadida keng ko‘lamli tadqiqot o‘tkazish vazifasini topshirdi. Bu haqda AQSh savdo vaziri Uilbur Ross ma'lum qildi, deb xabar bermoqda Bloomberg.

Shuningdek prezident savdo sanksiyalarini qo‘llashni kuchaytirish bo‘yicha qadamlarni qo‘yadi. Agentlikning ta'kidlashicha, Tramp bunday qarorni XXR raisi Si Tszinpin tashrifidan bir necha kun avval qabul qilmoqchi – aynan Amerika prezidenti Xitoyni AQSh savdo kamomadida ko‘p bora ayblagandi.

Rossning so‘zlariga ko‘ra, tadqiqot har bir mamlakat va har bir mahsulot turi bo‘yicha savdo munosabatlarini qamrab oladi. Uning natijalari Qo‘shma Shtatlar tashqi savdo siyosati kursiga ta'sir ko‘rsatadi.

Avvalroq Tramp Si Tszinpin bilan uchrashuv “juda og‘ir” bo‘lishi haqida ma'lum qilgani borasida xabar bergandik.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid