20:48 / 01.04.2017
5729

«Yuventus» Higuain uchun qo‘shimcha tansoqchi yollashiga to‘g‘ri keldi

Turinning «Yuventus» klubi Italiya A seriyasining 30-turidan o‘rin olgan «Napoli»ga qarshi uchrashuvi oldidan hujumchi Gonsalo Higuain uchun qo‘shimcha tansoqchi yolladi.

Carriere dello Sport nashri bergan xabarga ko‘ra, endi «keksa sinora» joylashgan mehmonxonaning har bir qavatida kamida ikki kishi qo‘riqchilik qiladi. Klub mehmonxonadagi 80 ta nomerdan 60 tasini ijaraga olgan.

29 yoshli hujumchi 90 mln. yevro evaziga Turin klubiga o‘tganidan so‘ng ilk marotaba Neapolga qaytmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Napoli» - «Yuventus» uchrashuvi 2 aprel kuni Neapoldagi «San-Paolo» stadionida bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 23:45da boshlanadi.

Top