Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shvetsiyada o‘quvchilarni olib ketayotgan avtobus ag‘darilib ketdi
Shvetsiyaning markaziy qismidagi Xeredalen viloyatida 50 dan ko‘proq maktab o‘quvchisini olib ketayotgan avtobus yo‘ldan chiqib ketib, ag‘darilib ketgan. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar bermoqda.
Yo‘l-transport hodisasi 2 aprel kuni ertalab Sveg shahridan 20 km uzoqlikda yuz bergan. Voqea joyiga 2 ta vertolyot va bir nechta tez tibbiy yordam mashinasi yetib kelgan.
Mahalliy OAV ma'lumotlariga ko‘ra, avtobusda 8-sinflarning 50 dan ko‘proq o‘quvchisi va 6 nafar katta yoshli odamlar bo‘lgan. Ikki kishi shifoxonaga yetkazilgan. Umumiy hisobda 30 ga yaqin odam jarohat olgan.
Voqeaga nima sabab bo‘lgani hali o‘rnatilmagan.
Mavzuga oid
11:10 / 01.07.2026
Toshkentda Tracker va BYD ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
10:15 / 01.07.2026
Qamchiqda yonilg‘i tashuvchi maxsus avtomobil YTHga uchradi
17:56 / 30.06.2026
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
11:56 / 30.06.2026