Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Andijonda IIB xodimining mashina o‘rindig‘idagi pichoqni eslab qolgani jinoyatni fosh qildi
2017 yil 31 mart kuni Andijon viloyati Oltinko‘l tumani Jalabek qishlog‘idan o‘tgan Andijon-Shahrixon transport yo‘li chetida noma'lum shaxs shu hududda yashovchi Dilshod Komilov bilan janjallashib uning kurak qismining old o‘ng tomoniga pichoq urib, og‘ir tan jarohati yetkazgan. Oqibatda kasalxonaga olib borilgan jabrlanuvchi vafot etgan, deb xabar bermoqda Andijon viloyati ichki ishlar boshqarmasi.
Jinoyatchi pichoq urib, voqea joyidan qochib ketganida guvohlar jinoyatchini qora rangdagi “Captiva” mashinasida ekanliklarini eslab qolganlar xolos.
Oltinko‘l IIB tezkor qidiruv bo‘limi xodimlari tomonidan qidiruv ishlari boshlangan. Shunda jinoyat sodir qilingan kundan uch kun avval 26 martdan 27 martga o‘tar kechasi tuman IIB xodimlari tungi profilaktika tadbirlari davomida Oraziy MFY hududida nazoratsiz qoldirilgan “Captiva” rusumli avtomashina egasi bilan suhbat o‘tkazganliklari va mashinaning oldi o‘rindig‘ida o‘tkir tig‘li ho‘jalik pichog‘ini aniqlangani yordam berdi.
Tezkor harakatlar davomida yuqoridagi jinoyatni Shahrixon tumanida yashovchi Bahodir Jalilov o‘z boshqaruvidagi “Captiva” mashinasida kelib sodir etgani aniqlandi. Hozirda surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Mavzuga oid
12:40 / 28.01.2026
Varsovia universiteti Andijondagi filialiga 2 mln dollar investitsiya kiritadi
08:20 / 27.01.2026
Andijonda FVB inspektori 1800 dollar bilan ushlandi
09:02 / 26.01.2026
Andijonda yirik miqdorda giyohvandlik vositasi saqlagan shaxs ushlandi
12:28 / 24.01.2026