Jahon | 10:50 / 03.04.2017
13357
2 daqiqa o‘qiladi

NATO davlatlari Kaliningraddagi “Iskandar”larni tahdid deb hisoblamoqda

NATO mamlakatlari Rossiyaning “Iskandar” raketa majmualarining Kaliningrad viloyatida joylashtirilishini o‘z xavfsizligiga tahdid deb hisoblamoqda. Bu haqda alyans bosh kotibi o‘rinbosari Rouz Gettemyuller "Kommersant" gazetasiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Avvalroq Rossiya TIVning umumevropa hamkorlik departamenti direktori Andrey Kelin Moskva NATO oldida Kaliningradda “Iskandar” raketa majmualari joylashtirilishi bo‘yicha hisobot berish niyati yo‘q ekanini ma'lum qilgandi.

"Kaliningrad viloyati Rossiya hududi ekanligi borasida hech kimda ortiqcha savollar yo‘q. Biroq “Iskandar” raketa majmualarini joylashtirish – bu harbiylashtirish va havo hududi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha tendensiya isbotidir. Alyansning Rossiya bilan qo‘shni bo‘lgan ko‘pchilik a'zosi buni o‘z xavfsizligiga tahdid deb hisoblamoqda”, - deya ma'lum qildi Gettemyuller.

Avvalroq Rossiya mudofaa vazirligi OAVning “Iskandam-M” mobil raketa majmualari Kaliningrad viloyatiga ko‘chirilishi haqidagi xabarlarini tasdiqladi. Harbiy mahkama rasmiy vakili Igor Konashenkovning aniqlik kiritishicha, bu mobil majmua bo‘lib, hamda raketa qo‘shinlari tayyorgarlikni yaxshilamoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, “majmua olib o‘tilishini hech kim katta sir ostida saqlamagan”.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid