Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Peterburgdagi portlashlar rasman terakt sifatida baholandi
Sankt-Peterburg shahri metrosida ro‘y bergan portlashlar rasman terakt sifatida baholandi. Bu haqda Bosh prokuraturaning OAV bilan hamkorlik qilish boshqarmasi rahbari Aleksandr Kurennoy «Rossiya 24» telekanali efirida ma'lum qildi.
«Prokuratura bor diqqatini shu hodisaga qaratgan. Albatta transport prokuraturasi ham ishga qo‘shilishidan umidvormiz. Bu teraktning sabablarini o‘rganib, kelgusida bu holat boshqa ro‘y bermasligiga erishishimiz kerak», — degan Kurennoy.
Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, metro bekatlarida ro‘y bergan portlashlar oqibatida 12 kishi halok bo‘lib, 50 kishi jarohatlangan.
Mavzuga oid
16:40
Kiyevdagi terakt vaqtida politsiyachilar yosh bolani tashlab, qochib ketdi. Tafsilotlar
09:06 / 19.04.2026
Kiyevdagi otishma: «Moskvada tug‘ilgan shaxs» o‘t ochdi va supermarketda odamlarni garovga oldi
19:23 / 06.04.2026
«Krokus»dagi terakt uchun sudlangan shaxs o‘z joniga qasd qildi
23:31 / 18.03.2026