Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezident Rossiya bilan harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni imzoladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yilning 29 mart kuni “O‘zbekiston Respublikasi bilan Rossiya Federatsiyasi o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi Shartnomani (Moskva, 2016 yil 29 noyabr) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonunni imzoladi. Bu haqda Uzdaily.uz xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston va Rossiya 2016 yilning 29 noyabr kuni Moskvada harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi Shartnomani va harbiy mahkamalar o‘rtasida 2017 yildagi ikki tomonlama hamkorlik Rejasini imzoladi.
Shartnoma maqsadi harbiy-texnikaviy sohadagi o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan iborat.
Tomonlar shartnoma doirasida harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni, jumladan qurol-yarog‘lar, harbiy texnika, ishlar, xizmatlar, intellektual faoliyat natijalari, ularga bo‘lgan huquqlarni hamda harbiy-texnik sohadagi ma'lumotni yetkazib berishi mumkin.
Shuningdek tomonlar qurol-yarog‘lar hamda harbiy texnikaga xizmat ko‘rsatish va ta'mirlash bo‘yicha hamda harbiy-texnik yordamni ko‘rsatish bo‘yicha ishni amalga oshirish niyatidalar.
O‘zbekiston va RF shuningdek harbiy mahsulotlarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, ta'mirlash, modernizatsiya qilish va foydalanish bo‘yicha qo‘shma korxona hamda ishlab chiqarishni yaratishi mumkin.
Mavzuga oid
22:07 / 15.07.2026
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
14:46 / 15.07.2026
Parlamentlararo ittifoq O‘zbekiston tajribasini namuna sifatida ko‘rsatdi
11:20 / 15.07.2026
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40 / 15.07.2026