Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda ikki nafar giyohfurush 11 yilga qamaldi
“O‘rgangan ko‘ngil o‘rtansa qo‘ymas” deganlari bejiz emas. Muqaddam 3 marotaba giyohvandlik moddalarini sotish hamda bojxona chegarasidan noqonuniy o‘tkazish kabi jinoyatlarni sodir etib yaqindagina jazosini o‘tab chiqqan, Urgut tumanida yashovchi O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi A.Muxammadiyev yana eski kasbini qo‘msadi. Bu haqda Samarqand viloyati bojxona boshqarmasi xabar bermoqda.
Afsuslar bo‘lsinki, Nurobod tumani Nurbuloq shaxarchasida yashovchi giyohfurush E.Buronovni ham aynan qing‘ir maqsadlar A.Muxammadiyev bilan “birlashtirdi”. Ushbu “duet” Nurobod tumanida giyohvand moddalarning o‘zaro oldi-sotdisini amalga oshirayotgan paytda fosh qilindi.
Natijada, A.Muxammadiyev va E.Buronovlar 30 gramm atrofidagi “marixuana” giyoxvandlik moddasini namuna sifatida sotish uchun taqdim etgan vaqtida ushlandi.
Shuningdek, olingan ma'lumotlar asosida ushbu shaxslarning yashash xonadonlari amaldagi tartiblarga muvofiq xolislar ishtirokida kinolog xizmati iti yordamida ko‘zdan kechirilganda, bu yerda ham E.Buronov tomonidan ekib yetishtirilgan va kelajakda sotish uchun yashirin tarzda saqlanib kelinayotgan bir dona qopda 8 kg. 249,54 gr. quruq holatdagi “marixuana” giyohvandlik vositalari borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borildi va 2017 yil 13 mart kuni Jinoyat ishlari bo‘yicha sudning hukmiga binoan, A.Muxammadiyev 11 yil 6 oyga va fuqaro E.Buronov 11 yilga ozodlikdan maxrum qilish jazosiga xukm qilindi va olingan jami 8 kg. 279,54 gr. ashyoviy dalillar yo‘q qilinishi belgilanib, jinoyat uchun jazoning muqarrarligi ta'minlandi.
Mavzuga oid
08:50 / 18.12.2025
Toshkent, Samarqand va Gulistonda 3 nafar advokatning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi
14:05 / 17.12.2025
Toshkent–Samarqand yangi temiryo‘lining texnik-iqtisodiy asoslari tayyor bo‘ldi
08:00 / 16.12.2025
Samarqandda marmar toshlar orasiga yashirilgan 37 kg opiy fosh etildi
22:08 / 13.12.2025