Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina Milliy banki rahbariyati milliardlab mablag‘larni asossiz sarflaganlikda gumon qilinmoqda
Ukraina milliy korrupsiyaga qarshi byurosi rahbari Artyom Sitnik «1+1» telekanali efirida bayonot berishicha, Ukraina Milliy (markaziy) banki rahbariyati mablag‘larni o‘zlashtirganlik bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazilmoqda. Ular tijorat banklarini qayta moliyalashtirish uchun ajratilgan mablag‘larni maqsadsiz sarflaganlikda gumon qilinayapti, deb xabar qilmoqda RIA Novosti agentligi.
«Bir necha oydirki, Ukraina Milliy banki rahbarlariga nisbatan jinoiy ish olib borilmoqda. Ular tijorat banklarini qayta moliyalash mablag‘larini o‘zlashtirish bilan bog‘liq», — degan u.
Sitnikning so‘zlariga ko‘ra, ushbu ishda xarajatlarning qay darajada qonuniyligi tekshiriladi.
«Biz qayta moliyalashga sarflangan mablag‘larning qonuniy asoslarini hamda bu jarayonga MB rahbariyatining aralashuvini tekshiramiz», — deb ta'kidlagan korrupsiyaga qarshi byuro rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, yetkazilgan zarar mlrdlab grivnani tashkil etishi mumkin.
Avvalroq, Ukraina Milliy banki rahbari Valeriya Gontareva 2016 yilda 2,1 mln dollar daromad ko‘rgani xaqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Mavzuga oid
15:16 / 08.02.2026
Zelenskiy: AQSh urushni yozgacha tugatishni taklif qilmoqda
15:42 / 07.02.2026
Estoniya Rossiyadan urush ishtirokchilarini Shengenga kiritmaydi
15:10 / 07.02.2026
Ukraina - Germaniyadan qurol-yarog‘ olayotgan eng muhim qabul qiluvchi davlat
14:14 / 07.02.2026