Jamiyat | 20:30 / 04.04.2017
12273
2 daqiqa o‘qiladi

"Shayx Zayniddin" jome masjidi imom-xatibi xayriya tadbirida ishtirok etdi

Joriy yilning 1 aprel kuni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" hamda Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahar “Mehribonlik” ijtimoiy o‘zaro yordam nogironlar jamiyati tomonidan "Yurtim, Senga qutlug‘ bo‘lsin Navro‘z-yangi kun!", deb nomlangan xayriya bayram tadbiri o‘tkazildi. Unga Toshkent shahrining barcha tumanlaridan 250 nafar imkoniyati cheklangan yigit-qizlar taklif etildi. Bu haqda "Shayx Zayniddin" jome masjidi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda Shayxontohur tumani bosh imom-xatibi, "Shayx Zayniddin" jome masjidi imom-xatibi Odilxon Ismoilov ishtirok etdi va yig‘ilish qatnashchilarini samimiy qutladi. Tadbir Qur'oni Karim tilovati bilan boshlandi.

Aytish joizki, bayram tadbiri juda ko‘tarinki ruhda o‘tdi. Odilxon Ismoilov tadbir davomida yig‘ilish qatnashchilari bilan muloqot o‘tkazib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berdi. O‘z navbatida masjid ma'muriyati tomonidan qatnashchilarga diniy-ma'rifiy kitoblar, sovg‘a-salomlar, nogironlik aravachasi topshirildi.  

Xayrli tadbirni tashkil etishda jonbozlik ko‘rsatgan barcha mutasaddilarga “Mehribonlik” ijtimoiy o‘zaro yordam nogironlar jamiyati tomonidan minnatdorlik bildirildi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid