Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Endilikda davlat idoralari yuridik xodimlari lavozimga adliya organlari bilan kelishilgan holda tayinlanadi
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat vazirligi va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi bilan kelishilgan holda davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish masalalarini majburiy tartibda adliya organlari bilan kelishish tartibini belgilovchi Nizom tasdiqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Toshkent shahar va viloyatlar hokimliklari yuridik xizmati xodimlari lavozimga Adliya vazirligi bilan tumanlar va shaharlar hokimliklari, shuningdek hududiy davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari lavozimga tegishlicha Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda tayinlanadi va ozod qilinadi.
Ushbu Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradi.
Mavzuga oid
11:45 / 15.06.2026
Advokatlar davlat muassasalariga shartnoma asosida yuridik xizmat ko‘rsatishi mumkin
09:17 / 11.06.2026
Professordan tarbiyachigacha: pedagogik lavozimlar ro‘yxati belgilandi
08:39 / 04.06.2026
Insofsiz sug‘urta agentlarining ochiq reyestri yuritiladi
11:51 / 22.05.2026