Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiya armiyasining Suriyadagi yangi maqsadlarini ma'lum qildi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Turkiya qurolli kuchlari "Frot qalqoni" harbiy amaliyotini yakunlagach, Manbij va Raqqa shaharlari turk armiyasining asosiy nishoni bo‘lishini bildirdi.
"Al Bob – biz natijaga erishayotganimizni isbotlaydi. Jarablus, Dabik, Ar Ray avvalroq ozod qilingan. Endi biz harakatni davom ettiramiz. Oldinda Manbij bor. Agar koaltsiya so‘zida tursa, Raqqani ham ozod qila olamiz", — degan Erdo‘g‘an Bursada bo‘lib o‘tgan mitingda
Turkiya armiyasi 2016 yil 24 avgustida "Frot qalqoni" amaliyotini boshlagan edi. U Suriya muxolifati ishtirokida Suriya shimolidagi Jarablus shahrini egalladi. Keyinroq, Al Bob taslim bo‘ldi. Turkiya bosh vaziri Binali Yildirim harbiy amaliyot muvaffaqiyatli yakunlangani haqida bayonot berib, mamlakat xavfsizligiga tahdid paydo bo‘lsa, yangi amaliyot boshlanishi mumkinligini qo‘shimcha qilgan edi.
Mavzuga oid
22:21 / 29.06.2026
Istanbul orolga aylanishi mumkin: Qora va Marmar dengizlari o‘rtasida yangi kanal qurilmoqda
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026