Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Davlat dumasi O‘zbekiston bilan harbiy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi
Rossiya Davlat dumasi Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida harbiy-texnikaviy hamkorlikni rivojlantirish to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar bermoqda.
«Shartnomaga ko‘ra, tomonlar harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlarni yetkazib beradi, qurol-yarog‘ va harbiy texnikani ishlab chiqarish, foydalanish, ta'mirlash, modernizatsiya va utilizatsiya qilish sohasidagi o‘zaro harakatlarning ijobiy rejimi o‘rnatiladi», - deyiladi hujjat sharhida.
Ta'kidlanishicha, shartnoma ratifikatsiya qilinganidan so‘ng uni amalga oshirish mexanizmi Rossiya prezidenti Vladimir Putin tomonidan o‘rnatilgan tartibda bo‘ladi. «Shartnomani amalga oshirish Rossiya Federatsiyasi davlat dasturlari maqsadlariga erishishga ta'sir ko‘rsatmaydi va ijrochi hokimiyatning federal idoralar byudjyetida ko‘zda tutilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi», - deya aniqlik kiritilgan hujjatda.
Mavzuga oid
22:07
Rossiyada migrantlar harakatini kuzatish uchun telefon sotib olishga majburlanishi mumkin
14:46
Parlamentlararo ittifoq O‘zbekiston tajribasini namuna sifatida ko‘rsatdi
11:20
AQSh Rossiyaga bosimni kuchaytirish uchun yangi sanksiyalar paketini tayyorladi
09:40