Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Tillersonning kelishi sanasini ma'lum qildi
AQSh davlat kotibi Reks Tillerson 11–12 aprel kunlari Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan muzokaralar o‘tkazish maqsadida Moskvaga keladi. Rossiya tashqi ishlar vazirligi saytida shu haqda ma'lum qilingan.
«11–12 aprelda Moskvaga amaliy tashrif bilan AQSh davlat kotibi Tillerson keladi», — deyiladi xabarda.
TIVning qayd etishicha, bu Tillersonning prezident Donald Tramp boshqaruvida davlat kotibi sifatida Rossiyaga ilk tashrifidir.
Avvalroq, Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh davlat kotibi Reks Tillerson bilan uning Moskvaga tashrifi chog‘ida uchrashishini tasdiqlagan edi.
Mavzuga oid
10:19 / 09.05.2026
AQSh Venesueladan boyitilgan uran zaxiralarini olib chiqdi
07:55 / 09.05.2026
Ukraina Moskvadagi parad paytida Qizil maydonga zarba bermaydi
07:43 / 09.05.2026
Tramp Rossiya va Ukraina o‘rtasida uch kunlik sulhni e’lon qildi
07:18 / 09.05.2026