Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab fotoko‘rgazma ochildi
Rossiya qishloq xo‘jaligi va davlat xizmati akademiyasining Astraxandagi filialida O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Sputnik xabar berdi.
Tashkilotchilar Islom Karimovning hayot yo‘li va xalqaro siyosatdagi faoliyatini aks ettiruvchi fotosuratlarini jamladilar.

"Ko‘rgazmaning O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Rossiyaga tashrifi bilan bir vaqtda ochilishi bejiz emas. Biz milliy madaniy jamiyat vakillari sifatida ushbu tashrifdan O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasidagi turli sohalardagi aloqalarning yanada rivojlanishini kutmoqdamiz", — deya aytib o‘tdi "O‘zbekiston" jamiyati raisi Bahodir Aminov.
Mavzuga oid
14:10 / 19.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov maqbarasini ziyorat qildi
14:23 / 25.02.2026
Ukrainadagi urushning 4 yilligi munosabati bilan Toshkentda ko‘rgazma ochildi
14:36 / 30.01.2026
Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi (fotolar)
10:46 / 13.10.2025