Jamiyat | 20:58 / 05.04.2017
8091
3 daqiqa o‘qiladi

Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning liftlari yangilanmoqda

5 aprel kuni Toshkent shahar hokimligi hududiy kommunal foydalanish birlashmasi bergan ma'lumotlarga ko‘ra, 2016-2017 yillarning kuz-qish mavsumida 1 055 markaziy dispetcherlik xizmatiga kelib tushgan 14 319 ta murojaatdan 14 300 tasi o‘z vaqtida bartaraf etilgan.

O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2017 yilni "Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili" deb e'lon qilingani munosabati bilan, shuningdek shahar aholisining mazkur sohadagi mavjud muammolarini ijobiy hal qilish maqsadida barcha kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalarida va 11 tumanda 73 ta "Fuqarolar qabulxonasi" tashkil qilindi.

2016 yil va 2017 yilning uch oyi davomida mahalliy byudjyet mablag‘lari hisobidan ko‘p qavatli turar uylarning 582 fasadi ta'mirlangan.

2016-2021 yillarda Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarning 1000 ta liftini bosqichma-bosqich almashtirish ko‘zda tutilgan. Jumladan, 2016 yilda 186 ta liftning montaj ishlari yakunlandi, 114 tasi ishga tushirildi, 72 tasi bo‘yicha ish olib borilmoqda va 2017 yilda 179 ta lift uskunasini almashtirish ko‘zda tutilgan.

Ko‘p qavatli uy-joy fondlarida 4 805 ta lift mavjud bo‘lib, shulardan 3 724 ta liftga 39 ta maxsus korxona va tashkilotlar texnik xizmat ko‘rsatadi. Qolgan 1 081 ta liftlarga XUJMShlar tomonidan xizmat ko‘rsatiladi.

Kuzgi-qishki mavsumga tayyorgarlik ko‘rish doirasida umumiy xatlov o‘tkazildi va 380 ming m.kv. tomni mukammal ta'mirlash va 676 ming m.kv. joriy ta'mirlash, 4 731 kirish yo‘laklarini ta'mirlash, 560 ta liftni joriy ta'mirlash, 179 ta liftni almashtirish, 4 380 ta uyning yerto‘la qismida muhandislik tarmoqlarini ta'mirlash, 469 ming p.m.miqdoridagi tik quvurlarni ta'mirlash, 580 360 m.kv. uy oldi yo‘laklarini ta'mirlash, 4 373 ta videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish, turar-joylarning kirish yo‘laklarida 523 ta kodli qulflarni o‘rnatish, 345 ta bolalar maydonchasini qurish va boshqalarni nazarda tutuvchi 25 ta asosiy yo‘nalishdan iborat bo‘lgan uy-joy fondini 2017-2018 kuz-qish mavsumiga tayyorlash bo‘yicha Kompleks chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqildi. Bu maqsadlar uchun 239,6 milliard so‘m, jumladan 197,6 milliard so‘m imtiyozli kreditlar hisobidan, 25,7 milliard so‘m XUJMSh mablag‘lari va 15,3 milliard so‘m byudjyet mablag‘lari hisobidan rejalashtirilgan.

Mavzuga oid