Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekspertiza Idlibda kimyoviy qurol qo‘llanganini tasdiqladi
Suriyaning Idlib shahridan Turkiyaning Adana shahriga 3 nafar suriyalikning jasadi olib kelindi va patologoanatomik ekspertiza o‘tkazildi. Turkiya Adliya vaziri Bekir Bo‘zdog‘ning ma'lum qilishicha, ekspertiza xulosalari ushbu suriyaliklar kimyoviy quroldan halok bo‘lganini tasdiqlagan.
«Ayni vaqtda Butundunyo sog‘liqni saqlash tashkiloti va Kimyoviy qurollarni taqiqlash bo‘yicha tashkilot vakillari ishtirokida o‘tkazilgan ekspertiza yakunlandi. Ekspertiza yakunlari Asad rejimi tomonidan kimyoviy qurol qo‘llanganini ko‘rsatdi», - degan vazir.
Suriya hukumati samolyotlari tomonidan 4 aprel kuni Idlib viloyatidagi Xan Shayxun punktiga zaharli gaz to‘ldirilgan bombalar tashlanishi oqibatida tinch aholi vakillaridan 100 kishi, jumladan, o‘nlab bolalar halok bo‘lib, 500 kishi (aksar qismi bolalar) shifoxonaga yotqizilgandi.
Mavzuga oid
21:31 / 06.05.2026
Suriya xavfsizlik kuchlari Idlibda o‘zbekistonlik jangarilarni qo‘lga oldi
12:58 / 22.12.2024
Yangi Suriya qanday bo‘ladi: Idlib ko‘chalaridan qiyos
21:06 / 05.12.2024
Halabni kim va qanday qilib egalladi? Suriya urushidagi asosiy 10 savol
16:09 / 05.12.2024