Asli ismi-şarifi Ahmad Husayn al-Şar’a bölgan Abu Muhammad al-Jölaniy 2003 yilda köngillilar safida AQŞ bosqinini qaytarişga yordam beriş uçun Suriyadan Iroqqa yöl oladi. U harbiy asirlar uçun Amerika lageriga tuşib qoladi va Suriyaga faqat 2011 yilda qaytib, IŞID asosçisi Abu Bakr al-Bağdodiyning emissariga aylanadi. Suriyaga u «pul töla sumkalar va ekstremistik harakatni global miqyosga olib çiqiş missiyasi bilan» kelgandi, deya yozadi The Wall Street Journal. 

Avvaliga al-Jölaniy Suriyada taşkil etgan IŞID filiali (öşa vaqtda ikki taşkilot ham «Al-Qoida»ga böysungan) al-Bağdodiy özini IŞID xalifasi deb e’lon qilganidan keyin iroqlik safdoşlar bilan aloqalarni uzadi. Keyin al-Jölaniy al-Bağdodiy bilan ham aloqani uzadi va uning yangi taşkiloti — «An-Nusra» fronti — «Al-Qoida»ning Suriyadagi tarmoği bölib qoladi.

2017 yilda al-Jölaniy rahbarlik qilgan guruh nomini «Hay’at Tahrir aş-Şom»ga özgartirib, «Al-Qoida» bilan aloqalar uzilganini e’lon qiladi. Vaşingtondagi Yaqin Şarq siyosati instituti katta ilmiy xodimi va Hş haqidagi kitob muallifi Aaron Zelinning sözlariga köra, al-Jölaniyning IŞID va «Al-Qoida»ni tark etişi «mutlaqo samimiy» bölgan, Hş şu tariqa global jihod mafkurasidan uzoqlaşgan. AQŞ Davlat departamenti esa nomini özgartiriş va «Al-Qoida»dan ajralib çiqişni soxtalik, yangi nomni — «An-Nusra»ning şunçaki boşqaça nomlanişi deb hisoblaydi.

Al-Jölaniy 2013 yilda AQŞda öta xavfli terrorçilar röyxatiga kiritilgan, Hş terrorçilik taşkiloti deb hisoblanadi. Qariyb 10 yil muqaddam Amerikaning duşmani bölişga intilmasligini aytib bergan bayonotiga qaramay, u hamon röyxatda qolmoqda. Donald Tramp ma’muriyati 2020 yilda «Tolibon» bilan kelişuv tuzganidan buyon al-Jölaniy va Hş özidan terrorçilik maqomini olib taşlaydigan kelişuvga erişişga harakat qilib keladi — ammo samarasiz.

«Al-Qoida» bilan aloqa uzilganini e’lon qilganidan keyin al-Jölaniy 2015 yildan amalda Suriya şimolidagi Idlib viloyatini töliq nazorat qilgan Hşni «islom va millatçilik aralaşmasi» asosida qurilgan, yaxşi intizomga ega kuçga aylantirdi, deb yozadi WSJ. Naşr qayd etişiça, Hş kuçlari öz kuraşini Asad oilasi hokimiyat tepasiga kelguniga qadar respublikada amal qilgan Suriya bayroği ostida olib borişni tanlagan.

Xalqaro inqiroz guruhi katta maslahatçisi, Suriyada al-Jölaniy bilan bir neça bor körişgan Darin Xalifa Hş rahbariyatini «pragmatik va mafkuraga berilmagan», guruh rahbarining özini esa kelişuvçan va rejimga qarşi kuraşdan boşqa köplab masalalarda murosaga tayyor bölgan siyosatçi deb atagan.