Kenja Donald Tramp Nyu-York shtati gubernatorlik saylovlarida qatnashishi mumkin
AQSh prezidentining o‘g‘li - 39 yoshli ishbilarmon kenja Donald Tramp katta siyosatga qo‘shilish niyatida, u Nyu-York shtatining gubernatorlik saylovlarida qatnashish imkonini o‘rganmoqda. Bu haqida The New York Times (NYT) nashri xabar berdi.
"Kenja Donald biror bir lavozimga o‘z nomzodini qo‘yish istagini bildirgan, masalan, Nyu-York shtati gubernatorligiga", - deydi nashr ismini oshkor qilishni istamagan manbasining so‘zlarini yetkazar ekan.
Kenja Trampning tanishi uning aynan qachon gubernatorlik saylovlarida qatnashmoqchi ekanligiga aniqlik kiritmagan. Bugungi kunda ushbu lavozimni band qilgan Endryu Kuomo 2018 yilgi saylovlarda o‘z nomzodini qayta taqdim etish niyatida, biroq yana biror yillardan so‘ng uning mamlakat prezidentlik saylovlarida kurash olib bormoqchi ekanligi haqidagi xabarlar ham bor. Nima bo‘lgan taqdirda ham, "Donald hozirning o‘zidayoq nomzodini ilgari surmoqchi emas, zero hozir uning e'tibori to‘liq Trump Organization boshqaruviga qaratilgan", - deya qo‘shimcha qildi gazeta suhbatdoshi.
AQSh prezidentining to‘ng‘ich o‘g‘li Trump Organization oilaviy kompaniyasining vitse-prezidenti lavozimida faoliyat yuritadi, saylovlardagi g‘alabasiga qadar kompaniya Donald Tramp boshqaruvi ostida bo‘lgan.
Kenja Donald model Vanessa Xeydon bilan oila qurgan va u - 5 nafar farzandning otasi.
O‘tgan yilning iyulida ishbilarmon The Wall Street Journal (WSJ) gazetasiga bergan intervyusida kelgusida otasining izidan borib, siyosat bilan shug‘ullanmoqchi ekani va hatto AQSh prezidentligiga o‘z nomzodini qo‘yish istagi borligini bildirgan.
Mavzuga oid
08:55 / 19.08.2024
Siyosiy partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan nomzodlarning kamida 40 foizi ayollar bo‘ladi
08:32 / 05.04.2024
Murmansk viloyatida gubernatorga pichoq bilan hujum qilindi
00:47 / 21.09.2023
Shavkat Mirziyoyevning Nyu-Yorkka tashrifi yakunlandi
10:57 / 08.09.2023