08:53 / 06.04.2017
5175

Misr prezidenti Vashingtonning Qohiraga munosabati o‘zgarganini e'tirof etdi

Foto: AFP

Misr prezidenti Abdul Fattoh As Sisining qayd etishicha, AQSh prezidenti Donald Tramp ma'muriyati Misrga avvvalgi rahbariyatga qaraganda o‘zgacha yondashmoqda, deb xabar qilmoqda Fox News.

As Sisining aytishicha, u avvalgi prezident Barak Obama ma'muriyati bilan unchalik kelisha olmagan. Biroq, Tramp bilan boshidanoq umuman boshqacha munosabatlar yo‘lga qo‘yilmoqda. 

"Mintaqadagi vaziyat haqiqiy ma'noda anglanmoqda", — degan Misr rahbari telekanalga bergan intervyusida. "Mintaqadagi ekstremizm va terrorizmga qarshisida jiddiy va mas'uliyatli harakatlar bor. Bu esa ajoyib. Yovuzlikka qarshi kurashishdan yaxshi narsa yo‘q", — deb qo‘shimcha qilgan davlat rahbari. 

Tramp va uning misrlik hamkasbi Vashingtondagi uchrashuvda strategik hamkorlik va terrorizmga qarshi kurashda kuchlarni muvofiqlashtirishni kuchaytirishga kelishib olishgan. Bundan tashqari, Tramp va As Sisi Yaqin Sharq, shu jumladan Liviya, Suriya va Yamanda tinchlikni targ‘ib qilish muhimligini qayd etishgan. Ular, shuningdek, Isroil va Falastinni qo‘llab-quvvatlash borasida o‘zaro qiziqish bildirishgan. 

Ta'kidlanishicha, mazkur tashrif Misr rahbarining so‘nggi 8 yil mobaynida AQShga ilk safaridir. 

Abdul Fattoh As Sisi, shuningdek, Pentagon rahbari bilan xavfsizlik masalalarini muhokama qilgan. U AQSh mudofaa vaziri Jyeyms Mettis bilan birga terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilishga urinishlarini izhor qilishgan. 

Shu bilan birga, Mettis yaqin orada Misrga tashrif buyurishi xabar qilinmoqda. 

Top